O‘zbekiston me’morchiligi sayyohlar uchun g‘oyat hayratga soluvchi taassurotdir.
Mamlakatimiz o‘zining bunyod etilish tarixi uzoq moziyga borib taqaluvchi – ulug‘vor saroylar, minoralar, masjidlar va madrasalar kabi ajib inshootlari bilan ko‘p asrlar davomida mashhur bo‘lib kelgan.
Me’morchilikining eng yaxshi durdonalarini mujassamlashtirgan – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz va Qo‘qon shaharlari dunyoning turli burchaklaridan san’at ixlosmandlarini o‘ziga jalb qiladi.
Ularning tarixi Makedoniyalik Iskandar davridan boshlanadi va qadimgi sharqning turli xil me’moriy uslublarining barcha elementlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
O‘zbekistonning turli mintaqalarida topilgan ayrim yodgorliklar tosh va bronza asrlariga tegishli.
Me’morchilik ijodining gullab-yashnashi O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lining markazi bo‘lgan o‘rta asrlar davriga to‘g‘ri keladi. XIV asrdan boshlab bu yerda dunyoga mashhur me’morchilik yodgorliklari – Samarqanddagi Registon maydoni, Shohi-Zinda majmuasi, Bibixonim masjidi va Gur-Amir maqbarasi, Shahrisabzdagi Oqsaroy, Buxorodagi Poyi kalon va Labi Hovuz, Xivada minora va madrasalar barpo etildi. Bu hali ushbu ajib mamlakatning diqqatga sazovor bo‘lgan joylarining kichkina qismidir. Mazkur o‘lkaga bir marotaba tashrif buyursangiz, yana qaytgiz kelaveradi.
Muhtasham, rang-barang va mavhum geometrik naqshlar, diniy ramzlar O‘zbekistonning o'ziga xos xususiyatidir.