O‘zbek me’morchiligining sharqona ertagi

1716

Oʻzbekiston shaharlarining meʼmoriy moʻjizalariga eʼtibor berganmisiz? murakkab chiziqlarning go‘zalligi va uyg‘unligi, mozaikaning yorqin ranglari va sirli naqshlar o‘zgacha hissiyotlarni jumbushga keltiradi! “Har bir xalq ijodkordir”, bu borada o‘zbek me’morlari beqiyos ustadirlar.

Oʻzbekiston hududida juda koʻplab tarixiy meʼmoriy yodgorliklar mavjud bo‘lib, Masjidlar, maqbaralar (ziyoratgohlar) va madrasalar (musulmon oliy oʻquv yurtlari) alohida oʻrin tutadi. Masjidlar azaldan ibodat, yolg‘izlik va uchrashuv maskani bo‘lgan. Minoralar odatda masjidlar yaqinida aholini azonga chaqirish maqsadida qurilgan. Minoralar dumaloq shaklda qurilgan, ichida aylanma zinapoya, tepasida esa maxsus supacha mavjud.
Eng mashhur minora Xivadagi Kalta-minordir. U 1855-yilda qurilgan va balandligi 26 metr, minoraning diametri esa 14 metrga etadi. Bu minora boshqa minoralardan keskin farq qiladi. Dastlab, minora baland minora sifatida loyihalashtirilgan, ammo qurilish to‘xtab qolgan, chunki qurilish paytida shaharda balandroq nuqtadan azon ovozi eshitilmasligi aniq bo‘ldi.Madrasalar muhim obyektlar bo‘lgan, chunki u yerda o‘z davrining eng buyuk aql-idrok sohiblari o‘qigan, buyuk ilm sohiblari ularga ta’lim bergan. Qoidaga ko‘ra, ular islom ta’limoti, adabiy tillar, xattotlik, fiqh va ba’zi amaliy fanlarni o‘rganganlar. Mashg‘ulotlar davomida talabalar va ularning o‘qituvchilari yuqori qavatda joylashgan maxsus hujralarda yashashgan. Har bir madrasaning ichki hovlisi va bog‘i mavjud bo‘lgan.

Markaziy Osiyo iqlimi binolarni qurish uchun o‘ziga xos sharoitlarni taqozo etdi. Eng muhim vazifa jazirama va quruq yoz ob-havosidan himoya qilish va xonani salqin saqlash edi, shuning uchun binolarning tashqi tomoni odatda mustahkam devorlardan, ichki tomonida esa hovliga qaragan derazalardan iborat loyihada qurilgan. Kvadratsimon hovli ichida doimo suv yig‘ish va tahorat olish uchun kichik hovuz bo‘lgan. Arkali kirish yo‘laklari va maxsus ayvonlar, deraza hamda eshiklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoya qilgan.Muhim arxitektura elementi silliq yuzali ko‘k gumbaz bo‘lib, ba’zida gumbazlar Muhammad (s.a.v) payg‘ambarning hayot yillarini ifodalovchi 63 ta qovurg‘ali qismga bo‘lingan. Shuningdek, bino o‘yilgan eshiklar, nafis ustunlar, deraza panjaralari bilan bezatilgan. O‘ymakorlik qanchalik puxta va nozik bo‘lsa, bino shunchalik obro‘-e’tibor qozongan.
Tashqi devorlar chiroyli tarzda bezatilgan bo‘lishi kerak edi va muallifning tasavvuriga nisbatan hech qanday cheklovlar bo‘lmas edi. Devorni naqsh va chizmalar bilan bamisoli gilam kabi qoplash rassomning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblarngan. Bu yerda barcha mumkin bo‘lgan o‘simlik va gul naqshlari, baxt va uzoq umr ramzi bo‘lgan tugunlardan foydalanilgan. Faqat Oʻrta Osiyodagi sanʼatga xos boʻlgan girix naqshi alohida oʻrin tutadi. Uni tasvirlash uchun mukammal simmetriyaga erishish uchun aniq matematik hisob-kitoblar kerak bo‘ladi.
Samarqanddagi 1619-yilda qurilgan Sherdor madrasasi tashrif buyuruvchilar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otadi. Binoning portali quyoshni orqalarida ko‘targan ikkita yo‘lbars bilan bezatilgan. Buxorodagi boshqa bir madrasa Nodir-Devon-begi (1623) ham oʻzining boy bezatilgan ostona peshtoqi bilan ajralib turadi, faqat mashhur yoʻlbarslar oʻrniga peshtoqda chopayotgan bugʻu va ikki afsonaviy simurg‘ qushlari tasvirlangan.Binoning tashqi ko‘rinish bezaklari rang-barang jim-jimador toshlar bilan qoplangan. Har bir yirik madaniyat markazi bezatishda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Masalan, Xivada ular yupqa qora chizmaning yordamida, ko‘proq firuza va ko‘k rangdagi bo‘yoqlardan foydalanishni afzal ko‘rdilar. Shahrisabzda rang afzalligi yanada xilma-xil bo‘lgan: oqdan yashilgacha, hatto qizil ranggacha.

Shuningdek, me’morchilkning muhim elementlari arab yozuvida mohirona chizilgan yozuvlar va albatta, peshtoq ustidagi hashamatli naqshlar edi. Osilgan naqshlar – muqaddas “g‘or” ga kirishni ifodalayotgandek. Ular asosan osmon va sokin suv ranglari kabi moviydir.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring