Jizzax viloyatidagi 10ta madaniy meros obyektini bo‘glovchi “Turizm halqasi” logotipini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

11.07.2024 663

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK Jizzax viloyatidagi 10ta madaniy meros obyektini bo‘glovchi “Turizm halqasi” logotipini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Ushbu tanlov joriy yilning 11-avgust kuniga qadar o‘tkaziladi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad, Jizzax viloyatidagi 10 ta madaniy meros obyektini bog‘lovchi “Turizm halqasi”ni yaratish maqsadida, mazkur obyektlarni namoyish etuvchi logotiplar tanlovini o‘tkazishdan iborat.

Logotip Jizzax viloyatining “Turizm halqasi”ga kiruvchi quyidagi madaniy meros obyektlari mavzusida yaratilgan bo‘lishi kerak: 

1. Xojamushkent ota ziyoratgohi.

2. Xojayi Serob ota ziyoratgohi

3. Tor‘tko‘ltepa arxeologik obyekti. 

4. Xo‘ja Bog‘bon ota ziyoratgohi.

5. Xo‘ja Nuriddin madrasasi hamda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyi.

6. Ko‘k to‘nli ota ziyoratgohi. 

7. Parpi ota ziyoratgohi. 

8. Novqa ota ziyoratgohi.

9. Sa’d ibn Vaqqos ziyoratgohi.

10. Said Mirxalilloh ziyoratgohi.

Bu hali hammasi emas! Texnik talablar va tafsilotlar bilan quyidagi havolada keltirilgan Nizom orqali tanishishingiz mumkin: Nizom.pdf

Materiallarni topshirish muddati – 2024-yil 11-avgustga qadar.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar materiallarni contentdepartment@nationalprcentre.com  pochtasiga yuborishlari lozim.

Qo‘shimcha ma’lumot olishni istasangiz, Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi profilimizga ushbu havola orqali yozing: @uzbtravelsupport

Tanlov g‘olibi bir nafar bo‘lib, u 7 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Izoh: Tanlovni o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Tanlov tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladigan taqdirda, bu haqda ijtimoiy tarmoqda e’lon qilinadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing