Xonobod kurort shaharchasi

1101

Andijon viloyati Oʻzbekistonning ajoyib va goʻzal hududidir. Temuriylar sulolasidan bo‘lgan so‘nggi hukmdor – Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab buyuk shaxslarning vatani.Viloyatning sharqiy qismida, Qoradaryo sohiliga yaqin joyda ixcham va go‘zal – O‘zbekistonning sharqiy kurorti degan nomga munosib shaharcha joylashgan. 

Xonobod shahri dastlab Buyuk Ipak yo‘lining tarmoqlaridan birida turar-joy qishlog‘i sifatida tashkil etilgan. Bugungi kunda Xonobod tog‘li hududdagi yashil shahar bo‘lib, qulay joylashuvi tufayli Andijon viloyatining kurort go‘shasi bo‘lishga da’vogar. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan, 2020-yil may oyida amalga oshirilgan rasmiy tashrifdan so‘ng bu yerda “Xonobod Wellness Resort” yangi loyihasi ishga tushirildi. 

Loyihaga koʻra, bu yerda yangi “Xonobod sogʻlomlashtirish” sayyohlik zonasini tashkil etish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda tabiiy manbalar asosida mineral suv ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi, mineral ichimliklarni qadoqlash uchun maxsus galereyalar ochiladi, shuningdek koʻrgazma zallari, hunarmandchilik ustaxonalari va suvenir doʻkonlari ochish rejalashtirilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring