O‘zbekistonda noyob san’at asarlari, shuningdek, qiymatiga baho berish juda qiyin bo‘lgan me’morchilik mo‘jizalari bo‘lgan muzey eksponatlarining nihoyatda katta tanlovi mavjud. Keng auditoriyaga ma’lum bo‘lgan ko‘plab mashhur muzeylar ancha yillik tarixga ega va mamlakatda yuz yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekistonning barcha muzeylarida millionlab maftunkor va qiziqarli eksponatlar, jumladan, qadimiy sivilizatsiyalardan bugungi kungacha bo‘lgan jahonga mashhur va qimmatli san’at durdonalari namoyish etilmoqda, mamlakatimizdagi barcha muzeylar fondlarida esa har bir tarix ixlosmandi uchun qiziq bo‘lgan yuz millionlab eksponatlar mavjud, ularning ko‘pchiligi yaqin kelajakda ommaga taqdim etilishi kutilmoqda.
Ushbu muzey eksponatlari Markaziy Osiyo xalqlarining turli tarixiy davrlardagi madaniyati, sheʼriyati, savdo-sotiq, ilm-fan va tarixi sohalariga tegishli. Xalq amaliy sanʼati mahsulotlari, qimmatbaho qoʻlyozmalar, cholgʻu asboblari, shuningdek, numizmatik buyumlar, etnografik yodgorliklar hamda arxeologik topilmalar va artefaktlar oʻzbek xalqining bebaho sanʼat asari va boy madaniy merosi boʻlib, har bir kishi mamlakatdagi yuzlab muzeylardan biriga tashrif buyuribgina ularni koʻrishi mumkin.
Oʻzbekistonda tarix, ekologiya, tabiat, tabiiy tarix, sanʼat, oʻlkashunoslik, geologik, arxeologik, transport, texnik, harbiy, ilmiy, adabiy, memorial muzeylar, badiiy galereyalar, muzey-shaharlar, uy muzeylari va albatta ochiq osmon ostidagi muzeylar mavjud.
O‘zbekiston muzeylarida barcha davrlarning badiiy xazinalari va qadimiy yodgorliklari bilan to‘la qadimiy ustalarning asarlari aks ettirilgan ko‘plab stendlar, qimmatli madaniy-badiiy meros bo‘lgan bebaho eksponatlar to‘plamlari, o‘sha davr hayoti, turmush tarzi, tarixi va san’ati, shuningdek, Markaziy Osiyo hududida yashab, ham mintaqa, ham butun dunyo tarixida o‘zidan o‘chmas iz qoldirgan buyuk zotlarning ijodi va faoliyati mamlakatimizning boy va jonli tarixiy o‘tmishidan dalolat beradi, ular bilan muzey ekskursiyalarida batafsil tanishish mumkin.
Ko'proq
Yashirish
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun