Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Sharq – bu nozik va sirli olam! Bu ibora o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan an’ana va urf-odatlari mohiyatini juda aniq ifodalaydi. O‘zbekiston xalqlari turmush tarzining shakllanish tarixi miloddan avvalgi VI-VII asrlarga borib taqaladi.
Ko‘plab an’ana va urf-odatlar milliy va diniy bayramlar - bahorgi tengkunlik kuni “Navro‘z”, Ramazon va Qurbon hayitlari, shuningdek, to‘y, farzand tug‘ilishi kabi oilaviy tantanalar bilan chambarchas bog‘liq.
Tarixan shakllangan o‘zbek xalqining asosiy an’analaridan biri - mehmondo‘stlik. Xalq orasida dasturxonning mo‘l-ko‘lligi yoki oilaning farovonligidan qat’i nazar, mehmonni munosib kutib olish xislati qadrlanadi. Shu bois, agar siz o‘zbek mahallasiga tashrif buyursangiz, albatta, yorqin va betakror marosimlar bilan o‘tkaziladigan bayram tantanasida ishtirok eting. Bu taassurotlar sayohatingizni yanada mazmunli qiladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun