• Shaharlar
    • Toshkent
    • Samarqand
    • Buxoro
    • Xiva
    • Shahrisabz
    • Mo‘ynoq
    • Zomin
    • Termiz
    • Guliston
    • Nukus
    • Namangan
    • Qarshi
    • Navoiy
    • Qo‘qon
    • Andijon
    • Farg'ona
    • O'zbekiston viloyatlari
  • Sayyohlar uchun
    • Umumiy ma'lumotlar
    • “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi
    • Yosh sayohatchining 10 ta qoidasi
  • Biz haqimizda
  • Onlayn-turlar
  • Foto va Video

Tillar

+998 95 193 21 02
  • UZB
    • RUS
    • ENG
    • UZB
    • CN
    • ESP
    • JPN
    • POR
    • FRA
    • DE
    • ARA
    • TUR
    • ITA
    • HIN
    • BEN
    • MAL
    • KOR
    • IND
    • VIE
    • IRN
    • UKR
Bosh sahifa / O'zbekiston tarixi

O'zbekiston tarixi

O‘zbek millati haqli ravishda sayyoramizdagi eng qadimgilardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning o‘ziga xos madaniyati sivilizatsiyalar avvalida shakllana boshlagan va ming yillar davomida jiddiy o‘zgarishlarga duch kelgan.

O‘zbekiston hududi O‘rta Osiyoning qoq markazida, Sirdaryo va Amudaryoning o‘rtasida joylashgan. Ajablanarlisi shundaki, cho‘lning o‘rtasidagi voha har doim jasur va shuhratparast savdogarlarni, jangchilarni, sarguzashtlarni va sayohatchilarni o‘ziga jalb qilgan.

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda bu erda Ahamoniylar yoki, boshqacha qilib aytganda, Fors davlati gullab-yashnagan. Keyin yunonistonlik qo‘mondon Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy) hududga bostirib kirib, ellinistik davr boshlanganida hokimiyat qulagan. Bu davrda savdo rivojlanadi, yirik shaharlar qad ko‘taradi, Yunon-Baqtriya podsholigi hukmronlik qila boshlagan.

Miloddan avvalgi II asr o‘rtalarida Yunon-Baqtriya podsholigi parchalanib, tarixda yangi bir davr boshlanadi, ya’ni ko‘chmanchi kushonlar qabilasi asos solgan Kushon davlati tashkil etiladi. Bu davrda savdo, odamlar harakati va millatlararo aloqalar rivojlana boshlaydi.

Shaharlarning qulay hududiy joylashuvi tufayli Buyuk ipak yo‘li bugungi O‘zbekiston hududidan o‘tgan. Ushbu yo‘nalish bo‘ylab Andijon, Qo‘qon, Rishton, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi yirik savdo shaharlari paydo bo‘ldi va rivojlandi.

Keyin Parfiya, Kang‘, Eftaliylar davlati, Turk xoqonligi kabi davlatlar gullab-yashnadi. VII asrda bu hudud arablar tomonidan bosib olinib, u Movarounnahr deb nomlandi.

XII asrda Chingizxonning bosqini yuz berdi va Chag‘atoy ulusi shakllandi. Ammo bu hududning gullab-yashnashi o‘n to‘rtinchi asrda, Amir Temur hokimiyat tepasiga kelganida amalga oshdi. U Samarqandni poytaxtga, iqtisodiy va madaniy markazga aylantirdi. Keyin Samarqand ko‘chmanchi Dasht-i qipchoq qabilalari tomonidan bosib olinib, yangi Shayboniylar sulolasi davlati tashkil etildi. VI asrdan XIX asr o‘rtalariga qadar Xiva, Qo‘qon xonliklari va Buxoro amirligi hukmronlik qildi.

XIX asrning 60-yillarida hududga chor Rossiyasi bostirib kirishi natijasida Turkiston general-gubernatorligi tuzildi. 1917-yilda O‘zbekiston Sovet Respublikasiga aylandi. Shu davrda ko‘plab respublikalardan turli millatlarning ommaviy ravishda ko‘chishi ro‘y berdi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston mustaqillikka erishdi. Respublika BMTga a’zo bo‘ldi, demokratik boshqaruv shakli va bozor iqtisodiyoti rivojlana boshladi.

O‘zining boy tarixi, ko‘p sonli turli millat va elatlarning ushbu hudud orqali o‘tishi tufayli, O‘zbekiston o‘zida Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarini jamladi, boy madaniyat va millatlararo totuvlikka ega mamlakatga aylandi.

Shaharlar tarixi

 

Qadimiy Toshkentning 12 Darvozasi

 

Buxoro tarixi

 

Samarqand tarixi

 

Toshkent tarixi

 

Xiva tarixi

 

Toshkent qo‘ng‘iroqlarining ajoyib tarixi

Madaniy meros

  • Xalq san'ati
  • O‘zbek taomlari
  • Taniqli shaxslar
  • O'zbekiston tarixi
  • An'analar va urf-odatlar
  • Qalbning go‘zalligi

Fotogalereya

Hammasini ko'rish
Sayyohlar uchun
  • Ko‘p so‘raladigan savollar
  • Tur operatorlarining reyestri
  • Onlayn so‘rovnoma
  • Ichki turizm
  • Sport
  • O'zbekiston xaritasi
  • Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi
Agentliklar uchun
  • Turlarni targ‘ib qilish
  • Turizm qonunlari
  • Turistik marshrutlar
Ma'lumotlar
  • Sayyohlarning kelishi
  • Sayt xaritasi
OAV
  • Turizm yangiliklari
  • Reyting
  • Ular biz haqimizda yozadilar
  • Mukofotlar
  • Sport yangiliklari
  • O'zbekiston yangiliklari
  • TXTYA-2021
Biz bilan aloqa
+998 71 200 00 88

Ish vaqti: 9: 00-18: 00, dushan-juma

help@uzbekistan.travel

Har qanday savol uchun

100015, Toshkent shahri, Oybek ko'chasi, 18 uy
O'zbekiston
Xavfsiz turizm bo'yicha yagona aloqa markazi - 1173
   

Uz Logo Turism

Copyright © 2018-2022 National PR-centre