Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Zamonaviy megapolis
Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti va shu bilan birga Markaziy Osiyodagi eng yirik shahardir.
Ko'p yillar davomida Toshkent butun dunyodan sayyohlar va ishbilarmonlarni jalb qiladigan mamlakatning eng muhim biznes va madaniy markazi bo'lib kelgan.
Toshkentda tashrif uchun bir necha kun kerak bo‘ladigan diqqatga sazovor joylarning ro‘yxati juda katta.
✔️ sayr qilish uchun keng va yashil xiyobonlar, favvoralar va ekologik bog‘lar;
✔️ Shahardagi ko‘plab muzeylarda O‘rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyati haqidagi noyob asarlar;
✔️Buyuk me'moriy ansambllar, masjidlar va minoralar;
✔️ Har didga mos teatr va galereyalar.
Bu yerda har kim shaharning eng diqqatga sazovor joylarini ko‘rish uchun o‘z yo‘nalishini yaratishi mumkin!
Toshkentda yozning katta qismi jazirama bo‘ladi, shuning uchun quyosh kremi va bosh kiyimini unutmang! Qish asosan yumshoq va qorsiz, lekin issiq kiyimlarni eʼtiborsiz qoldirmang, kechqurunlari shunday sovuq bo‘ladiki, sharf kiyishni istab qolasiz!
Toshkent ko‘chalarida sayr qilib, mayda bezaklardan tortib ulkan esdalik sovg‘alarga qadar ko‘plab sovg‘alarni topishingiz mumkin. Esdalik sovg‘alari bilan savdo qiladigan ustaxonalarning aksariyati eski madrasalarda va Chorsu bozorida joylashgan. U yerda siz deyarli hamma narsani topishingiz mumkin! Yog‘ochdan o‘yilgan mahsulotlar, kulolchilik buyumlari, milliy kiyimlar va hatto mahalliy temirchilik ustaxonalarida tayyorlangan pichoq va xanjarlar shular jumlasidandir!



Toshkent restoranlari o‘zining rang-barangligi va xizmat ko‘rsatish darajasi bilan har qanday xushxo‘rni xursand qilishi mumkin. Shaharda nafaqat o‘z mazasi bilan boshqa hududlarda tayyorlanadigan taomlardan farq qiluvchi milliy taomlar, balki chet el gastronomiya sanoatining eng yaxshi namunalarini ham topishingiz mumkin. Toshkentda siz uyg‘ur, koreys, xitoy, yapon, Yevropa va hatto molekulyar oshxonani sinab ko‘rishingiz mumkin. Lekin eng mazalisi tabiiyki o‘zbek taomlaridir! 2016 yilning dekabr oyida palov YUNESKOning nomoddiy meros ro‘yxatiga kiritilganligini bilasizmi? Endi bilib oldingiz! Dunyodagi eng mazali taomlarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib, tatib ko‘rishga shoshiling! O‘zbek taomlari haqida ko‘proq maʼlumotni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.



Fotosuratlar har qanday sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi! Ushbu bo‘limda sizni mazkur shaharning eng go‘zal joylari bilan tanishtiramiz.
P.S. O‘zbekistonning diniy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishda ayollarga tananing ochiq joylarini (yelkalari, bel va oyoqlari) yopishlari tavsiya etilishini yodingizda saqlang. Bunday joylar tegishli shartli belgilar bilan alohida belgilangan. ☪️☦️✡️✝️

☪️ Minor masjidi 2014 yilda qurilgan bo‘lib, poytaxtning barcha aholisi va mehmonlariga darhol yoqib qoldi. U oq marmardan yasalgan va xushmanzara joyda joylashgan.

☪️ Hazrati Imom majmuasi (aholi orasida Xast Imomi deb nomlanadi) Toshkentning diqqatga sazovor joylaridan biridir. U taxminan 4 asr oldin paydo bo‘lgan. Hozirgi kunda ko‘plab sayyohlar har kuni bu majmua meʼmorchiligining go‘zalligidan bahramand bo‘lish uchun kelishadi.
✝️ Isoning Muqaddas Yuragi Sobori – Toshkentdagi katolik cherkovi, shaharda “Polsha Kostyoli” nomi bilan ham mashhur. O‘zbekistondagi katolik cherkovining sanoqli binolaridan biri. Toshkent aholisining ko‘pchiligi bu yerda hech bo‘lmaganda bir marotaba rasmga tushgan.
2008 yilda arxeologlar shahar allaqachon 2200 yoshda deb eʼlon qilishdi. Shahar haqidagi dastlabki maʼlumotlardan biri miloddan avvalgi II asrda yozilgan yilnomalarda qayd etilgan. Qadimgi Xitoy manbalarida Toshkent Shi deb atalgan, bu tosh degan maʼnoni anglatadi, o‘rta asrlarda Shosh yoki Choch deb yuritilgan.
Olimlar bu hududda keyinchalik ko‘chib kelgan turkiy qabilalar turkiy tillarda “tosh” so‘zi ayni maʼnoni anglatgani sababli xuddi shu nomni ishlatishgan xulosaga kelishdi. Qulay joylashganligi sababli shahar Buyuk Ipak yo‘lidagi asosiy manzillardan biri hisoblangan.

Hozirgi kunda Toshkent zamonaviy megapolis bo‘lib, o‘rta asrlardagi imoratlarni ham, zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini ham o‘z meʼmorchiligida mukammal uyg‘unlashtirgan. Shaharda maroqli dam olish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bu yerda ko‘hna tarix va zamonaviy turmush tarzi birlashadi. Toshkent hududida ikkita aeroport biri xalqaro ikkinchisi mahalliy va 2 ta temir yo‘l stansiyasi faoliyat yuritadi. Shaharning zamonaviy diqqatga sazovor joylaridan biri – bu metro. U 1977 yilda ochilgan va Markaziy Osiyodagi birinchi metro hisoblanadi. Har bir stansiya betakror dizayn va o‘ziga xos meʼmorchilikka ega.

Toshkentda tarixiy obidalar va zamonaviy masjidlarni ko‘rish, sharqona bozorlar bo‘ylab sayohat qilish, poytaxt muzeylarida insonlarning ming yillik tarixi va madaniyati bilan tanishish, shuningdek, shaharning istirohat bog‘lari, restoranlari va tungi ko‘ngilochar joylarida dam olish mumkin.
Turistlar uchun mashhur yo'nalishlar
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.