“Global Peace Index 2024” va “Safety Perception Index 2023” kabi xalqaro reytinglarga ko‘ra, O‘zbekiston mintaqada sayohat qilish uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatoriga kiradi. Bunga jinoyatchilik darajasining pastligi, qat’iy xavfsizlik choralari va mahalliy aholining samimiy munosabati sabab bo‘lmoqda.
Mamlakat hukumati sayyohlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi yirik sayyohlik shaharlarida chet ellik mehmonlarga yordam ko‘rsatuvchi maxsus turizm politsiyasi faoliyat yuritmoqda. Turizm politsiyasi nizoli vaziyatlarni hal qilishda ko‘maklashadi, xulq-atvor qoidalarini tushuntiradi, shuningdek, zarur hollarda tezkor yordam ko‘rsatadi.

Favqulodda raqamlar
• Tez tibbiy yordam: 103
• Politsiya: 102
• Yong‘in xavfsizligi xizmati: 101
ENG
RUS
CN
JPN
ARA
FRA
DE
POR
ESP
TUR
ITA
HIN
MAL








